Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Bu haqda nashrimiz tomonidan tayyorlangan kunlik yangi ma’lumotlar bilan tanishing.

Foto: 24 KG

2020-yil 6-iyul holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 48,574 kishiga yetdi. Bemorlarning 15,860 nafari butunlay tuzaldi. 188 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 6-iyul holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 314 kishiga ko’payib, jami 7691 taga ko’tarildi. Infeksiya tufayli o’lim holati 92 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar esa 2843 kishiga yetgan.

Tojikistonda esa bugun, 6-iyul holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 6213 tani tashkil etmoqda va jami 53 ta o’lim qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19’dan davolanganlar soni 4858 nafarga yetgan.

Afg’onistonda 6-iyul holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 32,951 nafarni tashkil etmoqda. 864 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 19,366 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

Turkmaniston davlatida hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 11,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 533 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.