Boliviya sog‘liqni saqlash vaziri Eydi Roka COVID-19’ga chalindi, deya ma’lum qildi mamlakat prezidenti Janin Anes.

Foto: Vademec

“Sog‘liqni saqlash vazirining COVID-19 ga topshirgan test natijalari musbat chiqdi. Uni qo‘llab-quvvatlayman. Virusga qarshi kurash tinim bilmay davom etmoqda. Vazirning tezroq sog‘ayishini tilayman”, — deb yozgan u Twitter’da.

Boliviyada jami 38,071 kishida koronavirus qayd etilgan bo‘lib, 1378 nafari vafot etgan, 11,272 kishi tuzalgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 11,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 533 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.