AQShning Janubiy Karolina shtatidagi tungi klubda bir kishi tungi vaqt muassasa mehmonlariga qarata o’t ochdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Hodisa Grinvill shahridagi Lavish Lounge’da sodir bo’ldi. Klubda xip-xop musiqachisi Foogiano bo’lgan.

Otishma qurbonlari bir ayol va qo’riqchi bo’lgan. Shu bilan birga, klubga tashrif buyurgan sakkiz kishi jarohatlangan, ular kasalxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, erkak klub mehmonlaridan biri uni qimmatbaho zargarlik buyumlarini o’g’irlashda ayblaganidan so’ng, u mehmonlarga qarata o’t ochgan.