NHK telekanaliga ko’ra, Yaponiyaning janubi-g’arbiy qismida kuchli yog’ingarchilik natijasida kelib chiqqan toshqinlar oqibatida qurbonlar soni 24 taga yetgan.

Foto: Kyodo

Ma’lumotlarga ko’ra, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da 24 kishining o’limi tasdiqlangan, yana 16 kishi tirikligi to’g’risida xabar kelib tushmagan, ammo ularning o’limi hanuzgacha qayd etilmagan.

Bundan tashqari, 12 kishi bedarak yo’qolgan.

Avval xabar qilganimizdek, so’nggi bir necha kun ichida Yaponiyaning janubi-g’arbiy qismida bir qator joylarda 400 mm. gacha yog’ingarchilik sodir bo’ldi.

Kuchli yomg’ir tufayli Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarining ayrim hududlarida ob-havoning xavfliligi darajasi eng yuqori deb e’lon qilingan. Shuningdek, evakuatsiya qilish zarurligi to’g’risida ogohlantirish ham e’lon qilingan.