Hindistonning Agra shahrida yodgorliklarning, shu jumladan Toj Mahalning qayta ochilishi yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishi xavfi tufayli qoldirildi, deb xabar bermoqda Reuters mahalliy hokimiyatga tayanib.

Foto: RG

“Jamoatchilik manfaatlariga ko’ra, Agra shahrida yodgorliklarni ochish hali tavsiya qilinmaydi degan qarorga kelindi”, – deyiladi berilgan xabarda.

Shu bilan birga, rasmiylar yodgorliklarni ziyorat qilishni cheklash muddatlarini belgilashmagan.

Avvalroq, ertaga, 6-iyul kuni Toj Mahal sayyohatchilar uchun ochilishi haqida xabar qilingan edi.

Soʻnggi sutkada mamlakatda 24 mingdan koʻproq yangi kasallanish holati qayd qilingan boʻlib, umumiy kasallanganlar soni 673 mingdan oshdi.