Foto: Xalq so’zi

Alohida koʻrinishga ega boʻlgan Wasl Tower minorasining qurilishi 2021 yil avgust oyida yakunlanadi. Van Berkel minorani ushbu talablarga toʻla javob berishiga ishonadi.

Dubayga tashrif buyuruvchilar koʻpligi sababli ham mazkur minora juda baland boʻlishi, sayyohlar, savdo va boshqa masalalar bilan keluvchilarning katta hajmini sigʻdirishi lozim.

400 million dollar qiymatga ega 302 metrlik osmonoʻpar binoda dinamik harakat effektini yaratish uchun keng tarqalgan asimmetrik dizayn ishlatiladi.

Shuningdek, binoga dunyodagi eng baland binoning tashqi koʻrinishida ishlatilgan keramika, loydan yasalgan materiallar, qovurgʻali plitalardan foydalanilgan. Arxitektorlarning fikricha, ular energiyani tejash va qulaylik uchun yaratilgan, Dubayning issiqligidan salqin havoni taʼminlaydi, bu konditsionerga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi va xonada koʻproq yorugʻlikni taʼminlaydi.

Minora hashamatli Mandarin Oriental mehmonxonalar tarmogʻining filiali boʻlibgina qolmay, unda ofislar, xususiy kvartiralar va tom hovuzlari quriladi. Piyodalar uchun koʻprik binoni Burj Xalifa metro bekati bilan bogʻlaydi.

– Agar mazkur bino qurilishiga ruxsat berilmasa, bu shaharning ijtimoiy qatlamini oʻziga jalb qilishiga putur yetkazishi mumkin. Odamlar shahar markazini tark etishadi va qahvaxona va restoranlardan erkin foydalana olishmaydi, deydi UNStudio asoschisi va bosh meʼmori Ben Van Berkel.