Avvalroq, Turkiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Sakaryadagi pirotexnika ishlab chiqaruvchi fabrikada portlash sodir bo‘lgani haqida xabar qilgan edik.

Foto: News RU

“Hurriyet” gazetasiga ko’ra, portlash qurbonlari soni olti nafarga yetgan. Hozirda bedarak ketganlarni qidirish ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq, to‘rt kishi halok bo‘lgani va 114 kishi jarohatlangani xabar berilgan edi.

“Halok bo‘lganlar soni oltitaga ko‘paydi. Yana bir bedarak ketgan kishini qidirish ishlari davom ettirilmoqda”, — dedi gubernator Chetin Oktay Kaldirim.

Shuningdek, ushbu portlashga aloqador uch kishi qo’lga olingani haqida aytilgan edi.

Juma kuni Xendek shahri yaqinida Mushak ishlab chiqaruvchi fabrikada portlash yuz bergan. Sakarya gubernatori Chetin Oktay Kaldirimning so‘zlariga ko‘ra, portlash vaqtida fabrikada 150 — 200 nafar xodim bo‘lgan. Fabrikada portlash sodir bo‘lganda 110 tonna mushak bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.