Hindistonning Uttar-Pradesh shtatining Modinagar shahrida joylashgan fabrikada portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo’ldi va yana to’rt kishi jarohat oldi, deb xabar berdi “TASS” mahalliy OAV ma’lumotlariga asoslanib.

Foto: 24

Berilgan xabarga ko’ra, kutilmaganda zavod binosida yong’in kelib chiqqan, shundan so’ng kuchli portlash sodir bo’lgan. Mutaxassislar buning sabablarini aniqlashtirmoqda, politsiya korxona egasini qidirmoqda.

Xabar qilinishicha, avariya natijasida kamida 7 kishi halok bo’lgan, ularning shaxsi favqulodda xizmatlar tomonidan aniqlangan.

Avvalroq, Hindistonning aynan shu shtatida ikki kun ichida yuzdan ortiq odam chaqmoq urishidan halok bo’lgani haqida xabar qilingan edi. Bugun ham aynan shu hududda yana 23 kishi yashin urishi oqibatida hayotdan ko’z yumdi.