Toshkent viloyatida giyohvand moddasini tayyorlagan ikki yigit qoʻlga tushdi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, shu yil 27-iyun kuni Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari “Qora dori-2020” tadbirini oʻtkazgan. Unda 22 yoshli B.SH. va S.I. lar Yuqori Chirchiq tumani Baliqchi mahallasidagi qabriston yonida joylashgan dala maydonida nasha oʻsimligiga oʻxshash giyohvandlik moddasini qozonda qovurayotgani aniqlangan.

Sudga oid kimyoviy ekspertizasi xulosasiga koʻra, olingan  modda giyohvandlik vositasi. U vazni 1506 gramm boʻlgan marixuana. 

Qayd etilishicha, tergov harakatlari davomida B.SH. va S.I.lar ushbu  giyohvandlik vositasini oʻzlari bir hafta davomida isteʼmol qilishlari uchun tayyorlayotganliklari aniqlangan.

Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qo’shimcha qilinishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.