2020-yil 5-iyul 18:00 holatiga ko‘ra, 2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni salkam 422 mingdan oshdi.

Foto: Google

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 422,032 nafar. Shundan, joriy yil bitiruvchilari 231,696 nafar (54,90 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Kunduzgi ta’lim shakli – 272 135 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli – 143 301 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli – 6 596 nafar.

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tili – 369 012 nafar;
  • Rus tili – 42 257 nafar;
  • Qoraqalpoq tili – 9 497 nafar;
  • Boshqa tillar – 1 266 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

  1. Samarqand davlat universiteti – 25 793 nafar;
  2. Andijon davlat universiteti – 22 109 nafar;
  3. Toshkent davlat pedagogika universiteti – 16 677 nafar;
  4. Namangan davlat universiteti – 16 253 nafar;
  5. Termiz davlat universiteti – 16 030 nafar.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.