Sirdaryo viloyati IIBga ko’ra, hozirda holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Google

Shu yil 4-iyul kuni soat 23:15 da Sayxunobod tumani, “Ittifoq” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-25 avtoyo‘lining 54-km Baxt-Sayxunobod yo‘nalishida haydovchi 1963-y.t. Sayxunobod tumani, “Do‘stlik” MFY yashovchi E.U. o‘ziga tegishli bo‘lgan, oq rangli, “Cobalt” ni boshqarib borayotgan vaqtida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan piyoda 1991-y.t. Sayxunobod tumani, “Ittifoq” MFY da yashovchi B.D. ni avtomashinani old o‘ng tomoni bilan urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada piyoda B.D. “BMYoJ, BMCh, o‘ng qo‘li bilagi va chap oyoq boldir suyagining yopiq sinishi” tashxisi bilan Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Qo’shimcha qilinishicha, holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.