Foto: O’zA

“Opiy” moddasini tojikistonlik “Rashid” ismli narkokuryer aylanma yo‘llar orqali respublikamiz hududiga olib o‘tib, K.Nazarovga yetkazib bergan. Ta’kidlash lozimki, K.Nazarov 2009 yil giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan, lekin xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Xo‘jaobod tumani buyum bozori hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 35 yoshli N.Musayevga tegishli sport sumkasida 5 kg 538 gr “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, N.Musayevga ushbu “gashish” moddasini qirg‘izistonlik “Mirzoxid” ismli shaxs yetkazib bergan. Afsuski, N.Musayev giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun 2013 yilda sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida 2016 yil giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani sudlangan 34 yoshli D.Ahmedov sherigi 23 yoshli S.Ergashev bilan 4 kg 648 gr “gashish” moddasini olib ketayotgan vaqtida ushlandi.

DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida 2005 yil giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan 44 yoshli J.Qurbonov 741 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini olib ketayotgan vaqtida ushlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 7 kg. 931 gr. “opiy” va 10 kg. 186 gr. “gashish” moddalari musodara qilindi.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.