Toshkent shahar hokimligi xabariga ko’ra, 6-iyul soat 08:00 ga qadar Alisher Navoiy ko‘chasining Labzak ko‘chasidan Saqichmon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, bu jarayonda mazkur yo‘nalishda yo‘l qatnov qismining faqat bitta chizig‘i avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq bo‘ladi.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini tavsiya qilingan.