Foto: Sports

Rossiyaning “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Yevropaga yo‘l olmoqchi. Futbol agenti German Tkachenko Shomurodovning yozda Rossiya chempionatini tark etmoqchi ekanini aytdi.

– Bizning maqsadimiz aniq – yozda ketmoqchimiz, albatta, klubdagilar xafa qilmagan holda. Ammo Rossiya klublaridan bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmaymiz. G‘arbga ketmoqchimiz. Yevropadan aniq takliflar bor.

Qishda ham chorlovlar bo‘ldi. Biroq klub ularni ko‘rib chiqmadi. Biz ularning qarorini hurmat qilamiz. Chunki bu paytda «Rostov»ning futbolchilarni sotmaslik va takliflarni ko‘rib chiqmaslik huquqi bor.

Yozda esa vaziyat boshqacha bo‘ladi. Biz kuchliroq chempionatga o‘tmoqchimiz. Klub qaror qabul qilishga haqli, biroq futbolchini yaxshi pulga sotishga kelishganmiz. Buni birgalikda muhokama qilamiz, dedi Tkachenko.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov rostovliklar bilan yanvar oyida 5 yillik yangi shartnomani imzolagan edi.