Xitoyning Uxan virusologiya instituti 2012-yildan beri koronavirus namunalarini saqlamoqda, deb yozadi Britaniyaning “The Sunday Times” gazetasi.

Foto: Google

Ikki xitoylik shifokorning dissertatsiyasiga tayanib, nashrning ta’kidlashicha, 2012-yilda olti kishi bir hafta ichida og’ir pnevmoniyaga chalinib kasalxonalarga yotqizilgan. Barcha kasallangan erkaklar tashlandiq mis konida ishlashgan, aniqrog’i konni ko’rshapalak chiqindilaridan tozalashgan.

Bemorlarda 2000-yillarning boshlarida 26 mamlakatda alangalanib ketgan SARS-CoV-1 koronavirusiga o’xshash alomatlar bo’lgan.

Qayd etilishicha, olti bemorning to’rttasida noma’lum, ammo SARS-CoV-1 koronavirusiga o’xshash antikorlarni topilgan.

Keyin xitoylik olimlar konni o’rganib chiqishgan va sichqonlarning ekskretsiyasida ko’plab koronaviruslarni, shu jumladan SARS-CoV-1’ga o’xshash yangi shtammni aniqlashgan.

So’nggi oylarda yangi virus Uxan universitetida sun’iy ravishda yaratilgan va laboratoriya tomonidan xato bilan tarqaldi degan nazariya ommalashmoqda. Xitoy esa ushbu versiyani rad etishdan charchamayapti.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 11,1 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 528 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.