Janubiy Karolinadagi plyajlardan birida panjalarida akulaga o‘xshash baliqni ko‘tarib parvoz qilayotgan bahaybat qushni videoga olishdi, deya xabar berdi ‘Movieweb”.

Foto: Sputnik

Rolik ijtimoiy tarmoqlarda virus kabi juda tez ommalashdi.

Foydalanuvchilarning fikricha, bu qanotlarining uzunligi 1,7 metrga yetadigan bahaybat yirtqich qush (skopa) hisoblanadi. U asosan baliqlar bilan oziqlanadi.

Faqat uning o‘ljasi borasida bahs-munozaralar kelib chiqdi. Kimdir uni ispan makreli desa, yana kimdir akulalarning kichik turi ekanligini ta’kidlamoqda.