“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilivchilarga, dehqon hamda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida bir qator imtiyozlar taqdim etilgan.

Foto: Google

Kompaniya tarkibidagi “Yo’lreftrans” AJga tegishli sovutgichli refrijerator vagonlarda yuk tashish xajmi o‘tgan 2019-yilning mos davriga nisbatan 2020-yilning olti oyi davomida 2,5 barobarga oshdi.

Har yili an’anaviy tarzda sovutgichli refrijerator vagonlarda eksportga tashiladigan pomidor, bodring, karam, sabzi, piyoz, ko‘katlar kabi maxsulotlardan tashqari joriy yildan boshlab, gilos, limon, o‘rik, uzum kabi mahsulotlar Rossiya federasiyasi va Qozoqiston Respublikasining turli hududlariga yetkazib berilmoqda.

Shu qatorda, “Yo’lreftrans” aksiyadorlik jamiyati joriy yilda aholiga zarur bo‘lgan oziq ovqat mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish maqsadida, import tovarlarini tashishga ham e’tibor qaratmoqda. Jumladan joriy yilda sovutgichli refrijerator vagonlarda qariyib 53,000 tonna kartoshka va 200 tonnadan ortiq yog‘-moy mahsulotlari olib kelindi.

Bundan tashqari “Yo’lreftrans” aksiyadorlik jamiyati tomonidan importyorlar bilan xamkorlikda Boltiq bo‘yi mamlakatlaridan go‘sht va sut mahsulotlarini tashish uchun shartnomalar imzolangan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda maxsus vagonlarda ho‘l-meva va sabzavotlarni talab qilingan haroratni saqlagan holda Respublikamizning istalgan hududidan, MDH va Boltiq bo‘yi davlatlariga yetkazib berish imkoniyatiga.