Eron rasmiylari Tehronning shimolidagi xususiy klinikada sodir bo’lgan portlashda to’qqiz kishini hibsga oldi. Ushbu portlashda jami 19 kishi halok bo’ldi. Bu haqda kecha Eron gazetasi xabar berdi.

Foto: Gazeta

Ta’kidlanishicha, hibsga olinganlar orasida klinika rahbariyati vakillari, shu jumladan muassasa menejeri va egalari ham bor.

Qayd etilishichia, shu bilan birga, tergovning bir qismi sifatida, voqea uchun aybdor tartibga solish organlariga bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan versiya ham ko’rib chiqilmoqda.

Avvalroq, seshanba kuni kechqurun Tehron shimolidagi tibbiy klinikada portlash sodir bo’lgani haqida xabar qilgan edik. Natijada jami 19 kishi halok bo’ldi, 24 kishi jarohatlandi.