Sog’liqni saqlash vazirligiga ko’ra, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol D.Sh. joriy yil 1-iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Foto: SSV axborot xizmati

Qayd etilishicha, unga “Ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja” tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, 4-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9611 nafarni tashkil etmoqda.