Joriy yilning 4-iyul kuni ijtimoiy tarmoqda “Chirchiqda “Neksiya” daryoda oqib ketibdi” sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati ushbu holat tafsilotlirini ma’lum qildi. 

Foto: Skrinshot

Joriy yilning 30-iyun kuni soat 18:20 larda, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hududidan o‘tgan 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 32 kilometrida haydovchi 2001 y.t. I.M. “Nexia” rusumli transport vositasida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotadi va haydovchi X.J. boshqaruvida bo‘lgan “Zil” rusumli yuk avtomashinasining yon tomoniga uriladi.

To‘qnashuvdan keyin “Neksiya” ushbu hudud atrofidan o‘tgan Chirchiq daryosiga tushib ketgan. Daryoga qulash vaqtida haydovchi avtomobildan tushib qolishga ulgurgan.

Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. “Neksiya” rusumli transport vositasi daryodan chiqarib olingan.

Qo’shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.