Garvard universiteti olimi Tobias Kurtning ta’kidlashicha, koronavirusdan tuzalish – undan batamom qutulish degani emas, endi uning asoratlari bilan kurashishga to‘g‘ri keladi.

Foto: The sun

“Hech qanday simptomlarsiz bemorlar bor, ammo muammodan butunlay qutula olmagan, o‘pkasi bezovta qilayotganlari ham kam emas. Koronavirusdan tuzalganidan so‘ng, oradan bir necha oy o‘tsa ham, sport bilan shug‘ullana olmayotgan yoshlar uchrayapti”, — dedi Kurt.

Virus yetarlicha o‘rganilmagani sababli, u bilan bog‘liq muammolar surunkali davom etadimi yoki vaqt o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ketadimi — bir nima deyish qiyin, deydi olim. Uning ta’kidlashicha, COVID-19 bir yo‘la insonning bir necha a’zosiga ta’sir ko‘rsata oladi. Shuning uchun ham bu “g‘ayrioddiy virus”ni oddiy shamolllash bilan qiyoslash noo‘rin.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 11 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 524 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.