FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 4-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:52 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Foto: Google

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 04.07.2020 yil, Toshkent vaqti bilan 14:52 da (04.07.2020 yil, Grinvich bo’yicha 09:52 da) Tojikistonda zilzila sodir bo’ldi. Zilzila koordinatalari: 38,92 gradus shimoliy kenglik; 70,99 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 301 km janubiy-sharqiy yo’nalish bo’yicha.

Zilzila O’zbekiston hududida:

  • Toshkent : 301 km, 3 ball.
  • Namangan : 238 km, 3 ball.
  • Andijon : 237 km, 3 ball.
  • Farg’ona : 176 km, 4 ball.
  • Guliston : 257 km, 3 ball.
  • Jizzax : 301 km, 3 ball.
  • Samarqand : 356 km, 3 ball.
  • Buxoro : 572 km, 2 ball.
  • Теrmiz : 376 km, 3 ball.
  • Qarshi : 450 km, 2 ball.
  • Navoiy : 498 km, 2 ball.

Qo’shimcha qilinishicha, O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.