Delegatsiyani Namangan viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T. Rapiqov, viloyati hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O. Inamov va Pop tumani hokimi A. Sultanov kutib olgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Ta’kidlanishicha, delegatsiya tarkibidan Turkiston viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Badrakov, “Turkiston cotsial kooperativ korxonasi” bosh direktori Maral Marasilov, TOO “Jerana” loyiha kompaniyasi bosh muhandisi Yerlan Axmetov va “Qozog‘iston 24” teleradiokompaniyasi muxarriri Jain Berkenov o‘rin oldi.

Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasi Chodak massivi xududidagi “Nuran uz” MChJ tomonidan yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlarida tashkil etilgan intensiv bog‘ bilan tanishtirib o‘tildi. Kelgusidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Qo’shimcha qilinishicha, delegatsiya ishtirokchilari Pop tumani Chodak qishlog‘ida joylashgan “Chir-Chir momo” ziyoratgohida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.