NDTV telekanalining xabar berishicha, Hindistonning Assam shtatidagi toshqinlar oqibatida kamida 59 kishi qurbon bo‘lgan.

Foto: Voqea joyi

Toshqin zonasida 1,3 millionga yaqin odam bo‘lgan. Katta Brahmaputra daryosining toshishi sababli shtatdagi 27 ta okrugdan 20 tasi suv ostida qolmoqda, xususan, 1636 ta qishloq va shaharlarni suv ostida qolgan.

Shtat hukumati jabrlanganlar uchun 150 ta vaqtinchalik lagerlarni ishga tushirdi, ular oziq-ovqat va birlamchi zarur buyumlar bilan ta’minlandi.