2020-yilning dastlabki olti oyi mamlakatda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq mavsum bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Gidrometeorologiya markazining boshlig‘i Roman Vilfand ma’lum qildi. 

Foto: Google

“Ta’kidlanishicha, Rossiyada 2020 yilning olti oyi davomida o‘rtacha harorat 1891-yildan beri instrumental kuzatuvlarning butun davri uchun, 130 yil davomidagi meteorologik yillarning eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi”, – dedi Vilfand.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning qish oylarida havo harorati o‘rtacha darajadan 10-11 darajaga oshgan.

Vilfandning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan iyun ham mamlakat poytaxtidagi o‘lchovlar tarixidagi eng issiq oy bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Yer yuzining boshqa nuqtalarida ham anomal ob-havo kuzatildi. Hozirda Yaponiyada kuchli yog‘ingarchilik tufayli bir necha yuz ming kishi yashab turgan joylaridan evakuatsiya qilindi.

Ertaga, 5-iyul kuni yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?