Foto: Sputnik

26 fevral kuni konsullik – huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinganidan soʻng N.X.ning va Xabarovsk shahrida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi oqibatida vafot etgan boshqa hamyurtimiz S.F.ning jasadlari “Xabarovsk-Toshkent” toʻgʻridan-toʻgʻri charter reysi bilan vatanga yuborildi.

Bosh konsulxona Xabarovsk oʻlkasidagi oʻzbek diasporasi faollariga tashkiliy masalalarni hal etishda va hamyurtlarimizning jasadlarini yuborishda koʻrsatgan begʻaraz yordami uchun minnatdorchilik izhor etadi.

“Konsullik – huquqiy departamenti marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi hamda eslatib oʻtadiki, Rossiyaning Uzoq sharqiy federal okrugi hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07“ deyiladi xabarda.