Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Google

Bo‘zatov tumanida yashovchi, tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi inspektori lavozimida ishlab kelayotgan fuqaro S.M o‘zining rahbari Bo‘zatov tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori ishdan bo‘shatib yubormaslik evaziga pora tariqasida pul talab qilayotganligini bildirib IIVga qilgan murojaati yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Korrupsiya va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bo‘zatov tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori I.B qo‘l ostida ishlovchi fuqaro S.M dan ishdan bo‘shatib yubormaslik evaziga pora tariqasida talab qilgan 2,000 000 so‘m pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

IIV xabarida qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.