Foto: Interfax

Bu haqida Jahon turizm va sayohatlar kengashi rahbari Gloriya Gevara “El Mundo” gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Bu haqida aniq biror raqamni keltirishga hali biroz erta. Ammo biz Jahon sayyohlik tashkiloti hamda “Oxford Economics” mutaxassislari bilan hamkorlikda dastlabki hisob-kitoblarni hisoblab chiqdik. Unga koʻra, ushbu inqiroz kamida 22 milliard AQSH dollariga tushadi. Bir jihatni aytib oʻtish kerak, aynan Xitoy fuqarolari bir joyga borganda eng koʻp pul sarflaydigan sayohatchilar hisoblanardi“, dedi Gloriya Gevara.