Yaponiyada bugun 200 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

Foto: Kyodo

Kumamoto va Kagoshima prefekturalari aholisiga inson hayotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladigan eng yuqori xavf haqida e’lon qilish topshirildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Akishita (Kumamoto prefekturasi) shaharchasida daryolar toshishi tufayli kamida 13 kishi bedarak yo‘qolgan.

“Kyushu Electric Power” ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli yomg‘ir tufayli Kumamoto prefekturasidagi 9000 taga yaqin uy elektrsiz qoldi.

Bosh vazir Sindzo Abe boshchiligida inqiroz shtabi tashkil etilgan. Unda olingan ma’lumotlar to‘planib, tahlil qilinadi. Yaponiyaning mudofaa kuchlari mahalliy qutqaruv xizmatlariga yordam berish uchun hududga kelishga tayyorlanmoqda.

Yaponiya milliy meteorologiya boshqarmasi mamlakat janubi-g‘arbida misli ko‘rilmagan yomg‘ir yog‘ib o‘tganini ma’lum qildi. Kumamoto prefekturasining ba’zi hududlarida kuniga 479,5 mm. yomg‘ir yoqqan.