Foto: Google

Bu haqida Davergeodezkadastr qo‘mitasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Yig‘ilishda qo‘mita raisi o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlariga hech bir munosabat bildirmaganligi va o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragani, yer tuzish va yer maydonlarini muhofaza etish tadbirlarini amalga oshirmaganligi uchun 10 nafar rahbar va xodimlarni egallab turgan vazifasidan ozod etgan.

Shu bilan birga qo‘mita raisi hozirgi kunda eskicha ish uslubidan voz kechish zarurligi, bu yondashuvda ishlash bugungi davr talabiga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan xodimlarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan keskin choralarni qo‘llash kerakligi va bundaylarning o‘rnini ona-erimizga sadoqati bo‘lgan shijoatli, bilim va salohiyatli yoshlarni bilan to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, kadastr tizimida kadrlarga bo‘lgan talab yanada kuchaytirilgan.