Foto: Sof.uz

Kitobni Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Kutubxonalar va nashriyotlarning Bosh boshqarmasi va Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasining Madaniyat va Targ‘ibot boshqarmasining tashabbusi bilan professor doktor Firat Purtash boshchiligidagi guruh tayyorladi.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy tarafidan muqaddimasi yozilgan  “Yangi O‘zbekiston -kelajagi buyuk davlat” nomli bu asar uchun Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog‘an ham taqdimot yozuvini yozdi.

Turkiya Respublikasi Prezidentining shaxsiy kotibi dotsent doktor Hasan Dog‘anning rahbarligi ostida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining nashri sifatida 1000 adad chop etilgan birinchi nusxasi sovg‘a sifatida berildi.

Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 19 fevralda bo‘lib o‘tgan Prezident kutubxonasining ochilish marosimiga taklif etilgan yagona chet ellik muhtaram mehmon sifatida ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev ismi ostida turk tilida chop etilgan “Yangi O‘zbekiston -kelajagi buyuk davlat” nomli kitob janob Rejep Tayyip Erdog‘an tomonidan Mirziyoyevga taqdim etildi.