Kuchli yomg‘ir oqibatida Yaponiyaning Kumamoto prefekturasi ko‘chalarini sel bosdi, odamlar uylarida qamalib qolishdi. Ular Twitter orqali yordam so‘rashmoqda.

Foto: Skrinshot

Xitoyoshi shahrida yashovchilar ham yordamga muhtoj. O‘zanidan chiqib ketgan daryo sohil bo‘yida qurilgan uylarni cho‘ktirmoqda. O‘z oilalari bilan suv qamalida qolganlar qutqaruvchilarni kutishmoqda.

NHK telekanali xabar berishicha, yordam so‘rab yuzdan ortiq murojaat kelib tushgan.