Hozirgi kunda koronavirusning yangi turiga qarshi “yordam beruvchi” yagona antiviral dori “Remdesivir”dir. Bu haqda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (WHO) bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan ma’lum qildi.

Foto: O’zA

“Sinov davomida “Remdesivir” yangi koronavirus infeksiyasi bilan og’rigan bemorlarning kasalxonaga yotqizilishini kamaytirishga imkon berdi, ammo undan foydalanish o’limni pasayishiga olib kelmadi”, – dedi Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti vakili.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 11 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 524 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.