Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda aniqlangan koronavirus holatlari soni 11 milliondan oshiqni qayd etdi.

Foto: Trend

Eng so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 11, 048 509 ta COVID-19 holati qayd etilgan, ulardan 524,663 tasi kasallik qurbonlaridir. 5,849 287 kishi esa ushbu infeksiyadan tuzalganlar.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.