Avval xabar qilganimizdek, bugun yurtimiz tibbiyot muassasalarida 217 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 212 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar) sog‘aydi.

Foto: “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati

Shu yilning 3-iyul kuni mamlakatimizda 318 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 273 nafari Karantin muassasalarida, 45 nafari aholi orasida (shundan 37 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Andijon viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida) aniqlangan.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9396 nafar bemordan 6251 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3116 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 41,926 nafar, statsionar karantinda esa 22,438 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.