Foto: Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Undagi 232 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zolari koronavirusning O‘zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyasiyasiga joylashtirilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli standartlar bo‘yicha zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko’ra, ayni paytda yo‘lovchilarda hech qanday koronavirus alomatlari aniqlanmagach, ularni o‘z uylariga javob berish jarayoni yakunlandi. Yo‘lovchilar o‘z yashash joylaridagi davolash muassasalari tomonidan 14 kun davomida tibbiy nazoratga olinib, bu davr ichida ularga cheklovchi tartiblar tavsiya etiladi.