2020-yil 3-iyul 18:00 holatiga ko‘ra, 2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni salkam 371,5 mingdan oshdi.

Foto: Google

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 371,930 nafar. Shundan, joriy yil bitiruvchilari 207,969 nafar (55,92 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

  1. Kunduzgi ta’lim shakli – 242 075 nafar;
  2. Sirtqi ta’lim shakli – 124 145 nafar;
  3. Kechki ta’lim shakli – 5 710 nafar.

Tillar kesimida:

  1. O‘zbek tili – 325 425 nafar;
  2. Rus tili – 37 260 nafar;
  3. Qoraqalpoq tili – 8 084 nafar;
  4. Boshqa tillar – 1 161 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

  1. Samarqand davlat universiteti – 23 269 nafar;
  2. Andijon davlat universiteti – 20 296 nafar;
  3. Toshkent davlat pedagogika universiteti – 14 693 nafar;
  4. Termiz davlat universiteti – 14 445 nafar;
  5. Namangan davlat universiteti – 14 365 nafar.