1-iyuldan boshlab Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (YeOIK) Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) hududidan kungaboqar eksport qilish uchun maxsus ruxsat etilgan rejimni joriy etdi. Mazkur tartib YeOIK qaroridan kelib chiqqan holda 2020-yil 31-avgustgacha amal qiladi.

Foto: Google

“Maxsus rejimning o‘rnatilishi, jahon oziq-ovqat bozorida koronavirus fonida oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun ko‘plab mamlakatlar tomonidan zaxiralarning shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan talabning oshishi bilan bog‘liq”, – dedi YeOII savdo vaziri Andrey Slepnev.

Ruxsat beruvchi rejim YeOIIga a’zo davlatlarning bojxona organiga ruxsat beruvchi hujjatni taqdim etishni nazarda tutadi.

U uchinchi davlatlar bilan savdo-sotiqda tarifsiz tartibga solish choralari qo‘llaniladigan tovarlarning yagona ro‘yxatiga kiritilgan ayrim tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish bo‘yicha yagona xulosa shaklini (ruxsat beruvchi hujjatni) to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq tuzilishi kerak.

Bunday hujjatlar YeOIIga a’zo davlatlarning vakolatli organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

Shuningdek, 1 -yuldan boshlab YeOII hududida muhim import tovarlari, xususan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovlar muddati tugadi.

Bunday mahsulotlar ro‘yxatiga kartoshka, piyoz, sarimsoq, karam, sabzi, qalampir, javdar, uzun donli guruch, grechka, sharbatlar va bolalar ozuqasi kiritilgan.