Toshkent shahar Mirobod tumani Yangizamon ko‘chasida joylashgan MChJ omborxona mudiri lavozimida faoliyat olib borgan 39 yoshli X.R. korxona mulkini bir necha marta o‘g‘irlagan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Google

Ma’lum qilinishicha, u korxona tomonidan 2019-yil 1-oktyabr kunidan 2020-yilning 1-iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, rangli metall – «Latun» dan ishlab chiqarilgan jami bahosi 116,801 993,5 so‘mlik 14 turdagi mahsulotlarni davomiy ravishda o‘g‘irlab, ularni sotib pullarni o‘z ehtiyojiga sarflagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.R., ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov davomida X.R. JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandida (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatga 34 yoshli S.Ya. aloqadorligi aniqlanib, u ham gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha jami zararning 90,000 000 so‘mi qoplangan. Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.