Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Jan Kasteksni mamlakat Bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

“Respublika Prezidenti Jan Kasteksni Bosh vazir etib tayinladi va unga hukumat tuzishni topshirdi”, – deyiladi nashr xabarida.

Kasteks Fransiya janubidagi Prad shahrining meri bo’lgan. Aprel oyida unga Fransiyada o’zini o’zi yakkalab qo’yish jarayonini yuklatilgan edi.

Avvalroq, Fransiya Bosh vaziri Eduar Filipp iste’foga chiqqani haqida xabar berilgan edi. U bu lavozimni 2017-yildan beri egallab kelayotgan edi.