Hindistonlik shifokorlar mamlakatda birinchi ishlab chiqilgan koronavirus vaksinasini klinik sinovlarini boshlaydilar va avgust oyi o’rtalarida uni chiqarishni rejalashtirmoqdalar. Bu haqda “Hindustan Times” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Uning xabariga ko’ra, Hindiston tibbiy tadqiqotlar kengashi (ICMR) “Bharat Biotech International” bilan birgalikda Puna shahridagi Milliy virusologiya institutidan olingan shtamm yordamida koronavirusga qarshi vaksinani klinik sinovlarini boshlamoqda.

“Tezlashtirilgan sinovlar Hindistonning 12 ta tibbiy tadqiqot institutida o’tkaziladi, uni ishlab chiqarish 15-avgustdan keyinga rejalashtirilgan, – dedi ICMR vakillari – Vaksinani sinovdan o’tkazish va chiqarish Hindistonda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashning asosiy chorasi sifatida ko’riladi va hukumat nazoratidadir”

So’nggi 24 soat ichida Hindistonda koronavirus infeksiyasining yangi holatlari 20,903 taga oshdi va 625,544 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 515 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.