Toshkent shahar IIB xabariga ko’ra, joriy yil 2-iyul kuni soat 12:00 da Uchtepa tumani Xondamir ko‘chasida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi 38 yoshli Z.N. piyodani urib yuborgan.

Foto: IIV axborot xizmati

Qayd etilishicha, YTH natijasida 2 yoshli S.X. tan shikastlari olib, oqibatda shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

YTHning taxminiy sababi deb haydovchi to‘satdan yo‘lga chiqib olgan bolani ko‘rmay qolgan. Shuningdek, bola qarovsiz qoldirilgan. Voqea mahallaning ichida sodir bo’lganligi aytiladi xabarda.

Qo’shimcha qilinicha, hozirda hazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.