“Microbiome” ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha, xom sut inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan bakteriyalar manbai bo‘lishi mumkin.

Foto: Google

Kaliforniya universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotda pasterizatsiya qilingan va pasterizatsiya qilinmagan sutning 2034 ta chakana namunalari tahlil qilingan bo‘lib, natija “xom sut ichak uchun foydali probiotiklarga boy” degan odatiy tushunchani shubha ostiga qoldirdi.

“Biz xom sut namunalarida ko‘p miqdordagi foydali bakteriyalarni topa olmadik”, – degan bu haqda tadqiqot muallifi Szinsin Lyu (Jinxin Liu).

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar yangi sog‘ilgan sut xona haroratida ochiq idishda qoldirilsa, vaqt o‘tishi bilan unda pasterizatsiya qilingan mahsulotlarga qaraganda dori-darmonlarga chidamli xavfli bakteriyalar ko‘proq paydo bo‘ladi.