Qozorg’iston Respublikasi Prezidenti birinchi davlat rahbari Elboshi Nursulton Nazarboyevning haykali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Kazinform axborot agentligi Aqordaga tayanib xabar berdi.

Foto: Kazinform

Prezident Qosim-Jo’mart To’qayev Milliy Mudofaa Universitetida Qozog‘iston Birinchi Prezidenti – Elboshi N.A. Nazarboyev haykalining onlayn ochilish marosimida ishtirok etdi. Davlat rahbari o‘z nutqida Nursulton Nazarboyev zamonaviy Qozog‘istonga asos solib, suveren davlat rivojlanish strategik yo‘lini belgilab berganini va xalqni umumiy maqsad sari chorlaganini ta’kidlagan.

“Bugungi barqarorlik va tinchlik, farovonlik va birdamlik – Elboshi olib borgan oqilona siyosat samarasidir. Har qanday mamlakat tarixida o‘chmas iz qoldirgan noyob odamlar bor. Ularning mehnatini qadrlash va targ‘ib qilish yosh avlodning burchidir”, – dedi Qosim-Jo’mart To’qayev.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Qurolli Kuchlari Birinchi Prezident farmoni bilan tashkil etilgani bois, ushbu yodgorlikning Milliy mudofaa universiteti oldiga o‘rnatilishi ramziy ahamiyatga egaligi aytiladi xabarda.

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Qozog‘iston birinchi Prezidenti Elboshi Nursulton Nazarboyevning 80 yoshga to’lishi munosabati tabriklagani haqida xabar qilgan edik.