Fransiya Bosh vaziri Eduar Filipp iste’foga chiqdi, deb yozadi Elysee.

Foto: RBK

“Eduar Filipp bugun hukumat rahbari lavozimidan iste’foga chiqdi, prezident buni qabul qildi”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Filipp yangi hukumat rahbari tayinlangunga qadar ishlashda davom etadi.

Eduar Filipp 2017-yildan beri Fransiya Bosh vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bungacha u yetti yil davomida Gavr shahar meri bo’lgan.