O’zbekiston va Turkiya harbiy sohada hamkorlik qilishadi. Bu haqda juma kuni Turkiya prezidenti ma’muriyatida Trendga ma’lum qilindi.

Foto: Sputnik

Ma’lumotlarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an O’zbekiston bilan harbiy hamkorlik to’g’risidagi bitimni ratifikatsiya qilgan.

Ikki mamlakat harbiy akademiyalari o’rtasida hamkorlik o’rnatilishi ta’kidlangan.

“Turkiya harbiy universitetlari o’zbekistonlik talabalarni qabul qiladi”, – deyiladi ma’muriyat xabarida.

O’z navbatida, kelishuvga binoan turkiyalik talabalar O’zbekiston harbiy akademiyalarida tahsil olishlari mumkin.

Ma’muriyatning xabar berishicha, Anqara va Toshkent o’rtasida harbiy hamkorlik to’g’risidagi bitim 2017-yil 26-iyulda imzolangan.