Poytaxt kuni va Qozog‘iston Birinchi Prezidenti Elboshi Nursulton Nazarboyevning 80 yoshga to’lishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tabrikladi.

Foto: Sputnik

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida Elboshi davlat rahbari sifatida uzoq muddatli va samarali faoliyati davomida nafaqat Qozog‘istonda, balki xalqaro maydonda ham katta hurmat va izzat qozonganini ta’kidlagan.

“Yeng og‘ir tarixiy davrda siz mamlakatni samarali boshqardingiz, shubhasiz, eng yangi tarix va Qozog‘iston taqdiri sizning ismingiz bilan chambarchas bog‘liq.

Sizning ulkan sa’y-harakatlaringiz, oqilona va uzoqni ko‘zlagan rahbarligingiz tufayli, Qozog‘iston Respublikasi o‘zining ulkan iqtisodiy va intellektual salohiyatidan samarali foydalanib, bugungi kunda dunyoning eng tez rivojlanayotgan mamlakatlaridan biriga aylandi”, – deb yozadi Shavkat Mirziyoyev.

Kecha koronavirus aniqlangan Nursulton Nazarboyev kasallikdan sog’aygani haqida xabar qilgan edik.