Foto: Sputnik

“Qirg‘iziston Konstitutsiyasida rus tili rasmiy til sifatida belgilangan. Uning maqomi shunday qoladi va o‘zgarmaydi”, – dedi prezident.

TASS jurnalistining: “Ba’zi qo‘shni davlatlar kirilldan lotin yozuviga o‘tishdi yoki o‘tishmoqda. Qirg‘izistonda ham bu masala kun tartibidami?” degan savoliga Sooronbay Jeenbekov shunday javob berdi:

“Bilishimcha, bu masala bizda mustaqillikning ilk yillarida ko‘tarilgan. O‘shandayoq bip lotinga o‘tmay to‘g‘ri ish qilganmiz. Hozir lotinga o‘tishga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Respublikamiz erishgan fan va madaniyat sohasidagi yutuqlar kirill yozuvi orqali xalqimizga tarqab bo‘ldi”.