2020/2021 o‘quv yili qabulida OTMga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun quyidagi 8 ta tumandagi Davlat xizmatlari markazlarida ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Foto: Zarnews

Ular quyidagicha:

  • Mo‘ynoq tumani DXM;
  • Konimex tumani DXM;
  • Tomdi tumani DXM;
  • Uzun tumani DXM;
  • Boysun tumani DXM;
  • So‘x tumani DXM;
  • Farg‘ona tumani DXM;
  • Sardoba tumani DXM.

Hozirga kelib jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 329,665 nafar. Shundan, joriy yil bitiruvchilari 186,473 nafar (56,56 %).

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.