Koronavirusning tarqalishi mutatsiya holatida ko’payishi mumkin. Ushbu fikrni kecha AQShning Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi JAMA tibbiy jurnaliga bergan intervyusida aytib o’tdi.

Foto: DW

Aftidan, ma’lum bir mutatsiya virusni yuqumli qilib qo’yishi mumkin, – dedi Fauchi. – Ushbu hisob bo’yicha tortishuvlar mavjud, ammo ishonamanki, olingan ma’lumotlar bizga virusning ko’payishini tezlashtiradigan va tanadagi uning kontsentratsiyasini oshiradigan ma’lum bir mutatsiya mavjudligini aytadi.

Shu bilan birga, u olimlar ushbu mutatsiya natijasida virus yuqtirganlar uchun yanada xavfliroq bo’lishiga dalillar yo’qligini ta’kidlashgan.

Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori, shuningdek, Amerikaning Moderna farmatsevtika kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra, koronavirus vaksinasini klinik sinovlarining uchinchi bosqichi shu oyning oxirida boshlanishi mumkin. Fauchining ta’kidlashicha, bunday holatda, 2021-yil boshiga kelib, olimlar emlashning xavfsiz va samarali bo’lishiga ishonch hosil qilishlari mumkin.

Avvalroq, AQShda kun davomida rekord darajadagi 50,655 koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar qilgan edik. Hozirga kelib mamlakatda kasallikning jami 2, 735 554 holati qayd etilgan. Ksallik qurbonlari esa 128,684 kishini tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 515 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.